Oxirgi 40 yillikda Yer sayyorasida olti marta “El-Ninyo” hodisasi kuzatilgan. Bu hodisa Tinch okeani katta suv massasi haroratining me’yordan ortishiga va global haroratning keskin ko‘tarilishiga olib keladi.
Iyul oyi boshida so‘ngi yetti yil ichida birinchi marta “El-Ninyo” sharoiti yuzaga kela boshladi. O‘tmishda sodir bo‘lgan “El-Ninyo”lar butun dunyo qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotiga muammolar tug‘dirgan. Shuning uchun ekspertlar barcha mamlakatlar uning salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun choralar ishlab chiqishi zarurligini takrorlamoqda.
Xususan, so‘nggi 40 yillikdagi barcha “El-Ninyo” hodisalari dunyoda havo haroratining me’yorga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘lishini ta’minlab kelgan. Bu haqda iqlimshunos Erkin Abdulahatov Telegram’dagi kanalida ma’lumot berdi.
“El-Ninyo” kuzatilgan davrlarda sayyorada harorat ko‘tarilib ketadi. Yog‘inlarda jadallik ortadi. Ayrim hudularda yog‘in rekordlari kuzatiladi. Ba’zi mintaqalarda umuman yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Davomli qurg‘oqchilik va issiqlik yuqori cho‘qqiga chiqadi. Joriy mavsum mazkur hodisa kuzatila boshladi. Iqlimshunoslar uning davomiyligi kamida 10 oycha davom etishini ma’lum qilishmoqda”, — deb yozadi mutaxassis.
Oxirgi 40 yil ichida “El-Ninyo” hodisalari quyidagi yillarda kuzatilgan:
Iqlimshunoslar kelayotgan qish oylari “El-Ninyo” ta’sirida iliq bo‘lishi mumkinligini prognoz qilmoqda.
O‘zbekistonliklar “El-Ninyo” hodisasi ta’siri ostida 2016 yil O‘zbekistonda qanday mavsumlar kuzatilganini yaxshi eslashsa kerak. Iliq qish, issiq bahor va jazirama yoz ketidan kuzning oktyabri sovuq, noyabrda esa qor yog‘ib yuborgandi. Ammo tog‘larda yilning sovuq davrida me’yordan ko‘p yog‘in yog‘ishi daryolarda suv ta’minotining bir oz yaxshi bo‘lishini ta’minlagan. Juda iliq qish ortidan bahor va yozda birinchi marta mintaqa “qurt-qumursqalar hujumiga” guvoh bo‘lganini ham esdan chiqarmaslik lozim. Agar 2016-anolog yilga ishonilsa, kelayotgan qishimiz ham iliq bo‘lishi mumkin, — degan Erkin Abdulahatov.
Prognozlarga ko‘ra, 2024 yil dunyoda oxirgi 8-9 yillik va kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin.