17 may, shanba kuni Yerda magnit bo‘roni boshlandi, deb xabar berdi "Fobos" ob-havo markazi yetakchi mutaxassisi Mixail Leus.
Sinoptik o‘zining Telegram-kanalida yozishicha, quyosh shamoli Yer magnitosferasining g‘alayonlanishiga sabab bo‘lgan.
"Toshkent vaqti bilan soat 05:00 dan keyin bu g‘alayonlar kuchayib, G2 sinfidagi o‘rtacha magnit bo‘roni darajasiga yetdi," - dedi Leus.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, G1 toifasidagi kuchsiz magnit bo‘ronlari vaqti-vaqti bilan 19 may, dushanba kunigacha davom etadi.