Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Er savdosi pulsi: yanvar-sentyabr 2024

Er savdosi pulsi: yanvar-sentyabr 2024

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan mamlakatimizda bozor tamoyillari asosida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ijara va mulk huquqi asosida auksion orqali 2023-2024 yillarning yanvar-sentyabr oylarida tumanlar kesimida sotilgan yer maydonlari tahlil qilindi.

Narx. 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida onlayn auksion orqali mulk va ijara huquqi asosida sotilgan o‘rtacha 1 ga yerning narxi 595,1 mln. so‘mga qimmatlashgan.

Hudud. Hududlar kesimida mulk va ijara huquqi asosida 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida 2023-yilning shu davridagiga nisbatan Toshkent shahrida 4,7 barobar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4,4 barobar, Andijon viloyatida 3,2 barobar, Xorazm viloyatida 2,8 barobar, Qashqadaryo viloyatida 2,7 barobar va Namangan viloyatida 2,5 barobar ko‘p yer maydonlari sotilgan.

Ijara va mulk. Respublika bo‘yicha onlayn-auksion orqali mulk va ijara huquqi asosida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun: 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida: 24 612 ta lot (69,3 foiz) yoki 5 323,7 gektar yer maydoni ijara, 10 884 ta lot (30,7 foiz) yoki 500,3 gektar yer maydoni mulk huquqi asosida savdoga chiqarilgan.

2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida 19 327 ta lot, 2 681,5 gektar yer uchastkalari 2 860, 1 mlrd. so‘mga sotilgan bo‘lib, 2023-yilning shu davridagiga nisbatan sotilgan lotlar soni 1,9 barobargacha, yerlarning hajmi 1,8 barobargacha, yerlarni sotishdan tushgan mablag‘lar miqdori esa 4,0 barobargacha ortgan.

2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida respublikadagi 67 ta tuman (shahar)da mulk huquqi asosida yer uchastkalari auksion savdolariga umuman chiqarilmagan.

Takliflar:
- auksion savdolariga ijtimoiy infratuzulma hamda muhandislik kommunikasiyalari ob’ektlari mavjud bo‘lgan hududlarda namunaviy loyihalar asosida master rejani ishlab chiqish sharti bilan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun 1 gektardan ortiq yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksionga chiqarish ishlarini jadallashtirish;
- tuman (shahar) kadastr filiallari hamda qurilish bo‘limlari hududlarning iqtisodiy rivojlanish dasturlari, tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari hamda urbanizasiya jarayonlarini (o‘sish nuqtalari) chuqur tahlil qilgan holda, infratuzilma mavjud bo‘lgan yerlarni auksion savdolariga chiqarish choralarini ko‘rishi, natijada yerning iqtisodiy jihatdan jozibadorligining ortishi hamda hududlarning tadbirkorlik faoliyati rivojlanishiga imkoniyat yaratishi lozim.

Kiritildi: Bugun 11:25. O'qildi: 389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!