Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyada BRICS sammiti deklarasiyasi e’lon qilindi

Rossiyada BRICS sammiti deklarasiyasi e’lon qilindi

Rossiyaning Qozon shahrida BRICS sammitining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida yakuniy deklarasiya qabul qilindi, unda ishtirokchilarning asosiy jahon muammolari bo‘yicha umumiy pozisiyalari qayd etildi.

«Biz umumiy manfaatlarimiz va asosiy ustuvorliklarimizdan kelib chiqqan holda BRICS mamlakatlari o‘rtasidagi hamjihatlikni yanada mustahkamlash va hamkorlikni kengaytirish hamda strategik sherikligimizni yanada kengaytirish muhimligini yana bir bor tasdiqlaymiz», deyiladi hujjat muqaddimasida.

Hammasi bo‘lib deklarasiya 43 sahifa va 134 paragrafdan iborat. U dunyodagi vaziyatga umumiy baho beradi, Rossiyaning BRICS raisligi natijalarini sarhisob qiladi, shuningdek, uzoq muddatli istiqbolda o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilaydi.

Deklarasiyadagi asosiy bandlar quyidagicha bo‘ldi:

- Biz Falastin davlatining BMT to‘laqonli a’zosi bo‘lishini qo‘llab-quvvatlaymiz;

- Biz Rossiya tomonidan taklif etilgan BRICS don birjasi tashkil etilishini, uning keyingi rivojini va agrar sohaning boshqa sohalarini ham qamrab olishini qo‘llab-quvvatlaymiz;

- Biz koinotda qurol joylashtirishning oldi olinishini qo‘llab-quvvatlaymiz;

- Biz rivojlanayotgan davlatlarning global jarayonlardagi faol ishtirokini ta’minlashga chaqiramiz, shuningdek, Global Janub mamlakatlarining BRICS tashkilotiga bo‘lgan qiziqishini qutlaymiz;

- Biz 2025 yilgacha mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik strategiyasini davom ettirish muhimligini ta’kidlaymiz;

- Biz iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bahonasida bir tomonlama chora-tadbirlar ko‘rilishiga qarshimiz;

- Biz Jahon savdo tashkilotining (JST) islohotini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan choralar haqidagi qarorni qutlaymiz.

Kiritildi: 23:35 23.10.2024. O'qildi: 876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!