Bosh vazir Narendra Modi BRIKS sammitidagi ishtirokini yakunlab, Qozondan Nyu-Dehliga uchib ketdi. Bu haqda Hindiston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Randhir Jaysval X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi. «Bosh vazir Narendra Modi Qozonga samarali tashrifini yakunlab, Nyu-Dehliga uchib ketdi», deb yozadi u.