Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Putin BRIKSga katta taklif kiritdi

Putin BRIKSga katta taklif kiritdi

Putin BRIKS o‘zining iqtisodiy platformasini yaratish g‘oyasini muhokama qilishni taklif qildi.

Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu platformadan ko‘zlangan maqsad BRIKS mamlakatlari, Global Janub va Sharqiga sarmoya oqimini ko‘paytirish va bu mamlakatlardagi yirik infratuzilma va texnologik loyihalarga sarmoya kiritishga e’tibor qaratishdir.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin assosiasiyaga a’zo davlatlarning o‘sib borayotgan iqtisodiyoti salohiyatini ochishga yordam beradigan BRIKSning shaxsiy platformasini yaratish g‘oyasini muhokama qilishni taklif qildi.

«Ko‘rinib turibdiki, global iqtisodiy o‘sishning navbatdagi to‘lqini global ko‘pchilik mamlakatlarda tug‘ilmoqda. Shunday ekan, o‘sib borayotgan iqtisodiyotlarimiz salohiyatini ochish uchun o‘z platformamizni yaratish g‘oyasini muhokama qilish vaqti keldi», - deydi Putin. Bu haqda Qozonda bo‘lib o‘tgan BRIKS yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu platformadan ko‘zlangan maqsad BRIKS mamlakatlari, Global Janub va Sharq mamlakatlariga sarmoya oqimini ko‘paytirish va ushbu mamlakatlardagi yirik infratuzilma va texnologik loyihalarga sarmoya kiritishga e’tibor qaratishdir.

«Ishlab chiqarish uchun muqobil, ishonchli va har qanday talabdan xoli ko‘p tomonlama moliyaviy mexanizmlarni, logistika zanjirlarini qurish, texnologiyalar va ilg‘or bilimlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, yangi xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish va salohiyatini oshirish muhim», — deya qo‘shimcha qildi Putin.

Shuningdek, u barcha manfaatdor mamlakatlarni «Shimol-Janub» xalqaro transport yo‘lagi va Shimoliy dengiz yo‘li kabi loyihalarda hamkorlik qilishga taklif qildi.

Kiritildi: Bugun 16:12. O'qildi: 1633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!