Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Kiyev BMT bosh kotibini persona non grata deb e’lon qilmoqchi

Kiyev BMT bosh kotibini persona non grata deb e’lon qilmoqchi

Ukraina Isroildan keyin BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni persona non grata deb e’lon qilishi mumkin. Bu taxminni Isroilning Kan davlat radiostansiyasi BMT bosh kotibining Qozondagi BRICS davlat rahbarlari sammitidagi ishtiroki munosabati bilan bildirgan.

“BMT bosh kotibi endi Ukrainada ham persona non granta bo‘lishi mumkin. Chunki u G‘arbning Rossiyani yakkalab qo‘yish haqidagi bayonotlariga zid ravishda BRICS sammitida ishtirok etishga qaror qildi”, deya ta’kidlaydi radiostansiya.

Radiostansiyaning eslatishicha, 2 oktyabr kuni Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kas Guterrish Eronning raketa zarbasini qoralamaganini bahona qilib, uni persona non grata deb e’lon qilgandi.

Guterrish bugun 23 oktyabr kuni Qozonga BRICS davlatlari rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun keldi.

BRICS assosiasiyasi 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan tashkil etilgan va 2011 yilda unga Janubiy Afrika a’zo bo‘lgan. 2024 yilning 1 yanvarida Misr, Eron, BAA, Saudiya Arabistoni va Efiopiya guruhning to‘liq a’zosi bo‘ldi.

Qozondagi sammit assosiasiyaning yangi a’zolari ishtirok etadigan birinchi sammit bo‘ladi. Unda 30 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Kiritildi: 23:55 23.10.2024. O'qildi: 1138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!