18 dekabr kuni Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIBga tushgan xabarga ko‘ra, Chiroqchi tumani “Soybo‘yi” MFYda yashovchi Q.N. shu yil fevral oyida Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi B.Q.dan 1000 AQSh dollari va 22 may kuni esa X.A.dan 500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni “Epsilon” kompaniyasiga ishga kiritib berish uchun olgan. Biroq B.Q. va X.A.ni aldab, ushbu pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.