Hukumat qarori (385-son, 24.06.2025 y.) bilan “Eng namunali yashil turizm ob’ekti” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
🔰 Nizom o‘z faoliyatida chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirishda tashabbus ko‘rsatgan tadbirkorlar o‘rtasida "Eng namunali yashil turizm ob’ekti" tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
📝 Turizm qo‘mitasi har yili 1 iyulgacha tanlovni o‘tkazish haqida o‘z rasmiy sahifalarida e’lon beradi.
📙 Tanlov har yili sentyabr - noyabr oylarida quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:
🔹 hududiy saralash bosqichi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
🔹 respublika yakuniy bosqichi - hududiy saralash bosqichlari g‘oliblari o‘rtasida respublika miqyosida.
💰 Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagi miqdorlarda bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
🔸 1-o‘rin - BHMning 150 baravari;
🔸 2-o‘rin - BHMning 100 baravari;
🔸 3-o‘rin - BHMning 50 baravari.