Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Eng muammoli yo‘l uchastkalarini aniqlash uchun elektron portal ishga tushiriladi

Eng muammoli yo‘l uchastkalarini aniqlash uchun elektron portal ishga tushiriladi

Yo‘llarda xavfsizlikni oshirish, aholining fikrini inobatga olgan holda muammoli joylarni aniqlash maqsadida maxsus elektron portal yaratiladi. Bu haqda mas’ul idoralarga tegishli topshiriq berildi.

Portal orqali tuman hokimlari va ichki ishlar bo‘limlari qaysi manzilga piyoda yo‘lagi, svetofor, yo‘l belgisi yoki chiziq kerakligini smeta bilan birga joylashtiradi.

Aholi ham mazkur portaldan foydalanib, muammoli joylar haqida ma’lumot berish, loyihalarni to‘ldirish va ularga ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, portal orqali bajarilgan ishlar bo‘yicha foto va videolar joylashtiriladi. Aholi ushbu ishlarga baho berish huquqiga ega bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, barcha hududlarning moliyaviy imkoniyatlari bir xil emas. Shu sababli, yo‘l ishlari uchun jamg‘arma mablag‘lari viloyat va tumanlarga taqsimlanadi va ular tomonidan moliyalashtiriladi.

Ichki yo‘llarni tartibga solish bo‘yicha to‘liq mas’uliyat viloyat va tuman hokimlariga yuklatiladi.

Kiritildi: 15:42 09.07.2025. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!