Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabr holatida soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan qurilish korxonalari soni 1200 dan oshgan. Umumiy qarzdorlik — 1,2 trln so‘mdan ortiq.
Shuning 311,2 mlrd so‘mi (23,9%) faqat 10 ta kompaniya hisobiga to‘g‘ri keladi:
1️⃣ “Moxir-Quruvchi” MCHJ – 65,3 mlrd so‘m;
2️⃣ “Avtosanoat-Injiniring” MCHJ – 63,9 mlrd so‘m;
3️⃣ “Aziya Invest Favorit” MCHJ – 63,9 mlrd so‘m;
4️⃣ “Ta'mirlash Qurish Servis” MCHJ – 50,3 mlrd so‘m;
5️⃣ “Fayz Design” MCHJ – 18,5 mlrd so‘m;
6️⃣ “DSK Binokor” MCHJ – 13,7 mlrd so‘m;
7️⃣ Bright Industry Buildings the Future MCHJ – 11,6 mlrd so‘m;
8️⃣ “Zarafshon Buildings” MCHJ – 8,4 mlrd so‘m;
9️⃣ “Dilum Nur Story” MCHJ – 8 mlrd so‘m;
🔟 “Ulug'bek Osiyo Qurilish” MCHJ – 7,6 mlrd so‘m.
Hududlar kesimida eng katta qarzdorlik:
➖ Toshkent shahri — 391 mlrd so‘m;
➖ Toshkent viloyati — 322,7 mlrd so‘m;
➖ Andijon viloyati — 147,9 mlrd so‘m.