Prezidentning 2026 yil 13 oktyabrdagi qarori bilan issiqxona xo‘jaliklari uchun soliq imtiyozlari, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar belgilandi.
2026 yil 1 noyabrdan 2030 yil 1 aprelgacha energiya tejamkor isitish texnologiyalaridan foydalanuvchi issiqxonalarga oktyabr–mart oylaridagi elektr xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
Soliq imtiyozlari:
➖ ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun QQS va foyda solig‘i stavkasi 0 foiz etib belgilanadi.
➖ belgilangan talablarga javob beruvchi issiqxona xo‘jaliklari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi.
➖ 2027 yildan ayrim sub’ektlar uchun yer va mol-mulk solig‘i stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
Imtiyozli kreditlar:
➖ yangi «yashil» issiqxona qurish uchun — 300 mln so‘mgacha;
➖ mavjud issiqxonani qayta jihozlash uchun — 150 mln so‘mgacha.
Shuningdek, Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida aholi tomorqalarida energiya tejamkor uskunalarni xarid qilish va o‘rnatish xarajatlarining 40 foizi, biroq 100 mln so‘mdan oshmagan miqdorda qoplab berilishi nazarda tutilgan.