Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

Energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘zatov va Taxiatosh tumani bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar A.A. va B.D. o‘zlariga tegishli xonadonlarda payvandlash va boshqa uskunalarni elektr tarmoqlariga hisoblagichdan tashqari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 353,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “S.U.” hamda “A.K.” MCHJ rahbarlari ushbu korxonalarga qarashli savdo do‘koni, novvoyxona va mehmonxonada elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 216,7 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Qamashi va Koson tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “N.”, “G'.P.” va “B-Z.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 129,5 mln. so‘mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:15 06.12.2024. O'qildi: 894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!