Bugun 24 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Endrik «Real»ni tark etganiga ikki so‘z bilan munosabat bildirdi

Endrik «Real»ni tark etganiga ikki so‘z bilan munosabat bildirdi

Hujumchi Endrik "Real"ni tark etib, o‘yin amaliyoti uchun Fransiya chempionatiga yo‘l oldi. Seshanba kuni "Lion" 19 yoshli braziliyalikni mavsumning ikkinchi qismi uchun ijaraga olganini e’lon qildi.

Liga 1 klubi ijtimoiy tarmoqlarda Endrikning o‘z safiga o‘tgani haqida post qoldirdi. Braziliyalik futbolchi bu postga izoh qoldirdi.

"Olg‘a, "Lion", - deb yozdi Endrik.

Mavsumning birinchi qismida Endrik "Real"ning faqat uchta rasmiy o‘yinida maydonga tushdi. Yosh futbolchi maydonda 99 daqiqa o‘tkazdi xolos.

Kiritildi: Bugun 11:26. O'qildi: 575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!