Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Endilikda yo‘lovchi bojxona deklarasiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirsa bo‘ladi

Endilikda yo‘lovchi bojxona deklarasiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirsa bo‘ladi

Adliya vazirligi Yo‘lovchi bojxona deklarasiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 2606-10, 28.02.2026 y).

🔰 Mazkur hujjat bilan yo‘lovchi bojxona deklarasiyasining elektron shakli bojxona organlarining axborot tizimida mobil ilova orqali avtomatik ravishda shakllanishi belgilanmoqda.

🗒 Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida aniqlangan texnik xato va kamchiliklar bojxona xodimi tomonidan tuzatilishi mumkinligi qayd etilmoqda.

📝 Tovar (buyum) 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga tegishli bo‘lgan hollarda Yo‘lovchi bojxona deklarasiyasining «tovar nomi» va «buyum nomi» ustunlarida buyum (tovar) egasining pasport (ID karta) raqami ham ko‘rsatilishi lozim.

☑️ Mobil qurilmalar tovarlarni olib kirishning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan cheklangan me’yorlardan qat’iy nazar deklarasiyalanishi belgilanmoqda (bundan Tizim operatori bazasida ro‘yxatga olingan va O‘zbekiston hududida sotib olingan mobil qurilmalar mustasno).

Kiritildi: Bugun 15:15. O'qildi: 364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!