Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Endilikda farmasevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘laydi

Endilikda farmasevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘laydi

2025 yil 1 apreldan daromadidan qat’i nazar, farmasevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar QQS to‘lovchisiga aylanadi.

Bunda soliq organlari Onlayn-NKT, EHF va boshqa tashqi va ichki ma’lumotlar asosida QQS hisobotlarini avtomatik tarzda shakllantiradi.

Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng amaliyotga joriy etiladi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, farmasevtika mahsulotlarini sotuvchi yoki tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun soliq to‘lash tartibi quyidagicha:

– daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmaydiganlar – aylanmadan olinadigan soliq to‘laydi; – daromadi 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lganlar – QQS va foyda solig‘i to‘lashga o‘tadi.

QQS 12 foizni, foyda solig‘i stavkasi 15 foizni tashkil etadi. Ijtimoiy soha faoliyatini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘i stavkasi 0 foiz belgilangan. Aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 4 foizni tashkil etadi.

Ulgurji va chakana dori vositalarini sotish bilan shug‘ullanuvchi dorixonalar uchun soliq stavkalari quyidagicha belgilangan:

– aholi soni 100 ming nafar va undan ko‘p bo‘lgan shaharlarda – 3 foiz; – boshqa aholi punktlarida – 2 foiz; – borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda – 1 foiz.

Shuningdek, soliq to‘lovchilar qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga haqli.

Kiritildi: 14:48 27.03.2025. O'qildi: 760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!