Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Endi yirik tadbirkorlar ham kompaniyadan 10 milliard so‘mgacha kafillik olishi mumkin bo‘ladi

Endi yirik tadbirkorlar ham kompaniyadan 10 milliard so‘mgacha kafillik olishi mumkin bo‘ladi

Bu yil banklar tadbirkorlik loyihalari uchun 6 milliard dollar resurs olib kelmoqda. Banklar kelgusi yilda aynan kichik va o‘rta tadbirkorlikni maqsadli qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shartlarda alohida 1 milliard dollar resurs jalb qiladi.

Shuningdek, Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi “chempion tadbirkor”larni ko‘paytirish uchun bank orqali loyihalarga 10 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beradi.

Ishlab chiqarish, servis, yashil iqtisodiyot loyihalari uchun 500 million so‘mgacha tijorat kreditlari kompaniya tomonidan qayta moliyalashtiriladi. Natijada har yili 100 mingdan ziyod tadbirkorlar oladigan kredit foizi 6 foizgacha pasayadi.

Avvalgi krediti bo‘yicha kompaniyadan kafillik olib, to‘lovni vaqtida qilgan tadbirkorlarga yangi kreditlar uchun kafillik miqdori 1,5 karra oshiriladi.

Endi yirik tadbirkorlar ham kompaniyadan 10 milliard so‘mgacha kafillik olishi mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: 16:37 20.08.2025. O'qildi: 408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!