Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Endi Vazirlar Mahkamasi ham daraxt kesish va ko‘chirishga ruxsat bera olmaydi

Endi Vazirlar Mahkamasi ham daraxt kesish va ko‘chirishga ruxsat bera olmaydi

O‘zbekiston hukumatining ekologik talablarga rioya qilmaslikka istisno tariqasida ruxsat berishga oid barcha huquqlari bekor qilindi. Bu – 19 noyabr kuni e’lon qilingan prezident qarorida belgilandi.

Qarorga asosan, ekologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilishni istisno qilish yoki rioya etmasdan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, shu jumladan, davlat ekologik ekspertizasi xulosasini berish qat’iyan taqiqlandi.

Bu taqiq – Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklarning daraxt va butalarni kesish va ko‘chirishni nazarda tutuvchi qarori, farmoyishi, bayonnomasi, yozma topshiriqlari va idoraviy hujjatlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Ya’ni bundan buyon na hukumat, na vazirliklar, na Ekologiya qo‘mitasining o‘zi va na hokimliklar daraxt kesish va ko‘chirish haqida hech qanday hujjat qabul qilishi mumkin emas.

2026 yil 1 martdan boshlab tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha kompensasiya to‘lovlaridan ozod qilish tarzida imtiyoz berish bilan bog‘liq barcha qonunchilik hujjatlari va huquqiy kuchga ega ko‘rsatmalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi hamda ushbu masalada imtiyoz berish faqat qonun orqali amalga oshiriladi.

Kiritildi: Bugun 16:41. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!