Bugundan Toshkent — Parkent — Toshkent yo‘nalishida zamonaviy elektropoyezd qatnay boshladi.
Ma’lumotga ko‘ra, yangi poyezd 586 ta o‘rindiqqa ega bo‘lib, jami 1154 nafargacha yo‘lovchini sig‘diradi. Toshkentdan Parkentgacha yo‘l esa 50 daqiqa davom etadi.
Chipta narxi kattalar uchun 10 ming so‘mgacha, 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 6,5 ming so‘m etib belgilangan.