Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Endi amaldorlarning yaqin qarindoshlari bilan bog‘liq korrupsiya xavflari tez aniqlanadi

Endi amaldorlarning yaqin qarindoshlari bilan bog‘liq korrupsiya xavflari tez aniqlanadi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonovning O‘zAga ma’lum qilishicha, Agentlik huzurida tashkil etilayotgan “Xavf-tahlil markazi”ga vazirlik va idoralarning 30 ga yaqin ma’lumot bazalari integrasiya qilinadi.

Uning aytishicha, mazkur markazda sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etilib, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va nazorat qilish imkoniyatlari kengaytiriladi. Xususan, soliq.uz bazasi orqali tashkilot ta’sischilari bilan davlat xaridlarida affillanganlik holatlari, “Elektron jinoiy-huquqiy statistikasi” tizimi orqali korrupsiyaga oid jinoyatlar va ularning sabablari, “my.mehnat.uz” bazasi orqali esa yaqin qarindoshlarning bevosita bo‘ysunuv asosida ishlashi holatlari aniqlanadi.

Qayd etilishicha, natijada korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qilish jarayoni an’anaviy usulda 5–6 kun vaqt olgan bo‘lsa, raqamlashtirish orqali bu ish bir soat ichida amalga oshiriladi.

Kiritildi: 15:56 09.01.2026. O'qildi: 830 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!