Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Elit OCHL. Ronaldu yana Eronga kelsa 99 darra bilan jazolanadimi?

Elit OCHL. Ronaldu yana Eronga kelsa 99 darra bilan jazolanadimi?

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Elit Osiyo Chempionlar ligasi doirasidagi Eronning “Istiqlol” klubiga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. Futbolchi uchrashuv qaydnomasidan joy olmadi.

Tribuna.com nashri ma’lumotlariga ko‘ra, saudiyaliklar Eron klubiga rasmiy xat yo‘llab, o‘yinni neytral maydonga ko‘chirishni so‘ragan. Bu ma’lumotni Eron futbol federasiyasi prezidenti Mehdi Toj va “Istiqlol” bosh direktori Ali Nazari Juybari ham tasdiqlagan.

Juybariyning ta’kidlashicha, Eronga avvalgi tashrifi chog‘ida portugaliyalik futbolchini ko‘rish uchun ko‘p odam yig‘ilgan va bu tartibsizliklar tufayli Krishtianu yana Tehronga kelishni istamagan. “Istiqlol” tomoni bahsni boshqa joyga ko‘chirishdan bosh tortdi hamda o‘yinni o‘z stadionida o‘tkazishga qonuniy haqlari borligini eslatdi.

Yana bir manba esa Ronaldu o‘tgan yili Osiyo Chempionlar Ligasi doirasidagi “Persepolis” jamoasiga qarshi o‘yin oldidan eronlik nogiron rassom qiz Fotima Hamamiyni o‘pgani uchun Eron qonunchiligiga ko‘ra 99 darra qamchi bilan jazolanishi mumkinligi va futbolchi shu sabab Tehronga bormaganligini qo‘shimcha qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Istiqlol” — “An-Nasr” uchrashuvi bugun, 3 mart kuni Tehrondagi “Ozodiy” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:30 03.03.2025. O'qildi: 1219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!