Hukumat qarori (517-son, 15.08.2025 y) bilan “Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash to‘g‘risida”gi texnik reglament tasdiqlandi.
🔰 Reglament O‘zbekistonda muomalaga chiqarilayotgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklashga doir bajarilishi majburiy bo‘lgan yagona talablarni belgilaydi.
📝 Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining foydalanish hujjatlari davlat tilidagi pasport, o‘rnatish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash yo‘riqnomasi hamda undan foydalanish qo‘llanmasini o‘z ichiga olishi kerak.
✅ O‘zbekistonda muomalaga chiqariladigan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining ushbu reglament talablariga muvofiqligi baholanishi shart.
⭕️ Qadoqlarga elektrotexnika va radioelektronika mahsulotining hamda ishlab chiqaruvchining nomi va (yoki) tovar belgisi joylashtirilishi kerak.
📌 Mazkur reglament rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.