Energetika vazirligi elektromobillarni quvvatlash xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplab berish tartibini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
Loyihaga ko‘ra:
➖ quvvatlash stansiyasida sarflangan har bir kVt·soat elektr energiyasi uchun 300 so‘mdan oshgan qismi subsidiya qilinadi;
➖ mablag‘lar elektromobil egalarining bank kartasiga “Soliq” mobil ilovasi orqali keyingi oyning 25-sanasigacha qaytarib beriladi;
➖ elektr energiyasi tariflari oshgan taqdirda, subsidiya miqdori ham mutanosib ravishda oshiriladi.