Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Majburiy ijro byurosining kunlik monitoring tekshirishlari davomida Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi D.Ziyaqulova 27.10.2018 yilda o‘zi yashab kelayotgan tumandagi “Oyinli” mahallasi “Besh kapa” ko‘chasi 6-uyda elektr xisoblagichsiz o‘zboshimchalik bilan elektr energiya tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib foydalanib kelganligi aniqlangan va tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘rsidagi kodeksning 101-moddasi bilan javobgarlikka tortilib, unga nisbatan eng kam oylik ish haqqining 5 baravari miqdorida, ya’ni 921.500 so‘m ma’muriy jarima jazosi tayinlangan hamda ushbu jarimani to‘liq to‘lab bergan.
  Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limi xodimlari tomonidan 27.05.2019 yilda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.Ziyaqulova o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan yana takroran o‘zboshimchalik bilan elektr energiya tarmog‘iga xisoblagichsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan holda noqonuniy foydalanib kelayotganligi va tuman elektr ta’minoti korxonasiga 751.800 so‘mlik moddiy zarar yetkazganligi aniqlangan.
Ushbu xolat 1 yil davomida qayta takrorlanganligi uchun, uning bu harakatlari jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro D.Ziyaqulovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 185-2-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bo‘lim surishtiruvchisi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:13 12.09.2019. O'qildi: 1701 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!