Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. turar-joy va xizmat ko‘rsatish binosini qurishda umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 270,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shuningdek, Departamentining Furqat tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «A.A.» MCHJ rahbari A.A. go‘sht mahsulotlari savdo do‘konida tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 149,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.