Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Elektr energiyaning tannarxini subsidiyalash davom etmoqda

Elektr energiyaning tannarxini subsidiyalash davom etmoqda

Energetika vazirligi axborot xizmati ma’lum qilishicha , hozirgi vaqtda 1 kVt·soat elektr energiyasining tannarxi 895 so‘mni (QQS bilan 1 002 so‘mni) tashkil etadi.

💵Aholiga yetkazib berilayotgan har bir kVt·soat elektr energiya uchun 200 kVt·soatgacha bo‘lgan iste’mol (bazaviy me’yor) doirasida 552,4 so‘m (55% subsidiya), 201 kVtdan 1000 kVt·soatgacha esa 102,1 so‘m (10% subsidiya) davlat tomonidan har bir iste’molchiga qoplab berilmoqda. Shuni hisobiga iste’molchilar har bir kVt·soat uchun “imtiyozli” narxda, ya’ni 450 so‘m (QQS bilan)dan haq to‘laydilar.

▪️Iyun oyida 71 foiz aholi 200 kVtgacha elektr energiyasi iste’mol qilgan, ya’ni bazaviy me’yor​ doirasidan chiqmagan.

▪️22 foiz iste’molchi 201 kVt·soatdan 1000 kVtgacha iste’mol qilgan va 900 so‘mdan haq to‘lagan.

▪️Qolgan 7 foiz aholi 1001 – 10 000 kVt·soat elektr energiyasi iste’mol qilib, 1 350 so‘mdan to‘lovlarni amalga oshirgan.

Kiritildi: 19:46 10.07.2024. O'qildi: 1031 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!