Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Eldor Shomurodov "Milan"ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda

Eldor Shomurodov "Milan"ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda

"Roma Press" nashrining Il Tempo jurnalisti Filippo Biaforga tayanib xabar berishicha, "Roma" forvardi Artyom Dovbik jamoasining kechagi mashg‘ulotida jarohat olgan.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli ukrainalik jarohat darajasini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishi kerak.

Dovbikning ertaga "Milan"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi so‘roq ostida turibdi. Qayd etilishicha, Eldor Shomurodov uni asosiy tarkibda almashtirishga tayyor.

Dovbik joriy mavsum 45 ta o‘yinda 17 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 14:01 17.05.2025. O'qildi: 2395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!