Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Ekologiya vazirligi Vazirlar Mahkamasidan mustaqil qo‘mitaga aylantirildi

Ekologiya vazirligi Vazirlar Mahkamasidan mustaqil qo‘mitaga aylantirildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Vazirlar Mahkamasi tizimidan chiqarildi.

Endi u Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi sifatida faoliyat olib boradi. Shtat birliklari esa saqlanib qoladi.

Bu borada davlat rahbari yangi Farmon va qaror imzoladi:
➖ turizm qo‘mitasi qayta tashkil etilib, Ekologiya vazirligi huzuridan mustaqil qo‘mitaga aylantirildi;
➖ ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tashkil etildi;
➖ Prezidentning ekologiya bo‘yicha maslahatchisi lavozimi yaratildi;
➖ qo‘mita “Chiqindidan holi hudud”, “Toza havo”, “Yashil makon”, “Eko-madaniyat” va “Bio meros” loyihalari uchun mas’ul;
➖ “ekoloyihalar fabrikasi” — 15 nafar ekspert bilan tashkil etiladi;
➖ ekopolisiya xodimlari jismoniy kuch, maxsus vosita va xizmat qurolidan foydalanishi mumkin, maxsus kiyimlarga bodi kameralar o‘rnatiladi;
➖ 2026 yildan e’tiboran ekologik nazorat kuchaytiriladi, onlayn platforma yo‘lga qo‘yiladi, sanoat korxonalari fon monitoring stansiyalarini o‘rnatishi shart bo‘ladi;
➖ tabiatga zarar yetkazish uchun imtiyozlar faqat qonun asosida beriladi.

Shu bilan birga, aholi punktlarida daraxtli yer maydonlarini himoya qilish va jamoatchilik tashabbuslari uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi.

Kiritildi: 14:16 19.11.2025. O'qildi: 434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!