EI Ukrainaga ajratilgan 90 milliard yevro kredit masalasida Vengriya bilan murosa yo‘lini izlamoqda — Politico.
Nashrning manbalarga tayanib xabar berishicha, Ukrainaning moliyaviy resurslari aprel oyiga borib tugashi mumkin. Shu sababli Yevrokomissiya Vengriyani Yevropa Ittifoqining Ukrainaga ajratilgan 90 milliard yevrolik kreditini blokdan chiqarishga ko‘ndirish yo‘llarini qidirmoqda.
Bryussel bu uchun Vengriya bosh vaziri Viktor Orban aprel oyida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida g‘alaba qozonish uchun "Drujba" neft quvurini blokdan chiqarish shartini qo‘yadi, deb hisoblamoqda.
Parlament saylovlari ham aprel oyiga belgilangan bo‘lib, diplomatik manbalarga ko‘ra, quvur mavzusi Orban uchun ichki siyosiy kampaniyada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Muzokaralardan xabardor diplomat Vengriya saylovoldi g‘alaba uchun ramziy natijaga muhtojligini, shu bois YEI yetakchilari Orbanga siyosiy “obro‘sini saqlab qolish” imkonini beradigan murosa variantlarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgan.
Manbalarga ko‘ra, Bryussel va Budapesht o‘rtasida ehtimoliy sud jarayonining oldini olish maqsadida, Vengriyaga energiya yetkazib berishni qayta tiklash va’dasini o‘z ichiga olgan hujjat taqdim etilishi mumkin.
Hozircha tomonlar rasmiy bayonot e’lon qilmagan.