Bugun 11 aprel, 2025 yil, juma

КИР

EI tashqi chegara xavfsizligi agentligi xodimlari sonini 30 ming nafarga yetkazmoqchi

EI tashqi chegara xavfsizligi agentligi xodimlari sonini 30 ming nafarga yetkazmoqchi

Evrokomissiya Yevropa Ittifoqining tashqi chegara xavfsizligi bo‘yicha Frontex agentligi xodimlari sonini 30 ming kishiga yetkazmoqchi, deb xabar bermoqda Yevropaning Politico nashri.

Qayd etilishicha, bunday chora Yevropani gibrid hujumlar, kiberjinoyatlar, uyushgan jinoyatchilik va terrorchilik tahdidlaridan himoya qilishga qaratilgan strategiya doirasida rejalashtirilgan.

Strategik hujjat Frontex xodimlarini 30 000 kishiga oshirishni taklif qiladi, 2027 yilga borib doimiy korpus 10 000 kishiga yetadi. "Xavfsizlik holatimiz juda xavotirli", dedi Yevropa komissiyasining texnologik suverenitet, xavfsizlik va demokratiya bo‘yicha ijrochi vise-prezidenti Xenna Virkkunen. "Biz xavfsizligimizga tahdidlar endi transchegaraviy va juda raqamli ekanligini ko‘ramiz", — deya qo‘shimcha qildi u.

Evropa Komissiyasi, shuningdek, Yevropa Ittifoqi polisiya xizmati Yevropolga ko‘proq resurslar berilishini va gibrid tahdidlarga qarshi kurashish vazifasini yuklashni talab qildi. Xususan, ular huquq-tartibot idoralariga ma’lumotlarga kengroq kirish imkonini bermoqchi.

"Ko‘pgina huquq-tartibot idoralari raqamli vositalarga kelganda ancha orqada qolmoqda. Raqamli platformalardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar soni ortib bormoqda. Menimcha, polisiyamiz va huquq-tartibot idoralarimiz raqamli dunyoda jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun ko‘proq vositalarga muhtoj", - dedi Virkkunen.

Kiritildi: 16:14 02.04.2025. O'qildi: 498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!