Kallasning ta’kidlashicha, tanker soxta bayroq ostida harakatlangan. U e’lon qilgan fotosuratlarda Evropa harbiy kuchlari vakillarining kema bortiga chiqishi aks etgan.
«EI Rossiyaning “soya floti” faoliyatiga dengizda bevosita va diplomatik choralar orqali qarshi kurashishda davom etadi», — deb yozdi Kallas.
Uning ma’lum qilishicha, 16 noyabr kuni EIga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni tasdiqlashni rejalashtirmoqda. Cheklovlar «soya floti»ni qo‘llab-quvvatlayotgan banklar, neft xaridorlari va kompaniyalarga ham taalluqli bo‘lishi kutilmoqda.
Qayd etish joiz, EIning EUNAVFOR MED IRINI missiyasi 2020 yilda Liviyaga qurol-yarog‘ etkazib berish bo‘yicha BMT embargosiga rioya etilishini ta’minlash maqsadida ish boshlagan. Keyinchalik missiya vakolatlari kengaytirilib, boshqa kemalarni ham tekshirish imkoniyati berilgan.