Bugun 11 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

EI Rossiyani Fransiyadagi tartibsizliklar haqida yolg‘on xabarlar tarqatishda aybladi

EI Rossiyani Fransiyadagi tartibsizliklar haqida yolg‘on xabarlar tarqatishda aybladi



Evropa Ittifoqi hisobotiga ko‘ra, Rossiya bilan bog‘liq “Operasiya”“Peregruzka“tarmog‘i Fransiyadagi namoyishlar va tartibsizliklar haqida soxta xabarlar tarqatgan.

Reuters xabar berishicha, tarmoq G‘arb ommaviy axborot vositalari nomidan soxta videolar tayyorlab, migrantlar namoyishchilarga nisbatan zo‘ravonlik qilgani va Fransiyada teraktlar tayyorlanayotgani haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatgan.

Evropa Ittifoqi fikricha, bunday xabarlar orqali Fransiya hukumatini zaif qilib ko‘rsatish, migrantlarni tartibsizliklarda ayblash va jamiyatdagi kelishmovchiliklarni kuchaytirish maqsad qilingan.

Biroq Rossiyaning namoyishlarni tashkil etishda bevosita ishtirok etganini tasdiqlovchi dalillar topilmagan.

Kiritildi: 17:16 09.11.2026. O'qildi: 520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik