Bugun 26 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

EI mamlakatlari 2027 yildan Rossiya gazini import qilishga to‘liq taqiqni tasdiqladi

EI mamlakatlari 2027 yildan Rossiya gazini import qilishga to‘liq taqiqni tasdiqladi

EI mamlakatlari 2027 yildan Rossiya gazini import qilishga to‘liq taqiqni tasdiqladi — Reuters.

Evropa Ittifoqi 2026 yil oxirigacha Rossiyadan suyultirilgan tabiiy gaz importini, 2027 yil 30 sentyabrgacha esa quvur orqali yetkazib beriladigan gaz olishni to‘xtatadi.

Reuters'ning qayd etishicha, ushbu qaror Ittifoqning barcha davlatlari uchun Rossiya gazidan voz kechishni “huquqiy jihatdan majburiy” qiladi.

Taqiqqa Slovakiya va Vengriya qarshi chiqqan. Biroq qarorni tasdiqlash uchun ovozlar yetarli bo‘lgan. Vengriya ushbu qaror ustidan Yevropa sudiga shikoyat qilishini bildirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainaga bosqin boshlanishidan oldin Rossiya gazining YEI dagi ulushi 40 foizdan ortiq bo‘lgan. 2025 yilda esa import ulushi 13 foizgacha kamaygan.

EI Kengashi xabariga ko‘ra, 2027 yildan Rossiya gazini import qilish taqiqini buzgan Yevropa kompaniyalari Yevrokomissiyaga shartnoma qiymatining 300 foizigacha jarima to‘laydi.

Kiritildi: Bugun 18:10. O'qildi: 310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!