Evropa Komissiyasi (EK) Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning salbiy munosabatiga yo‘l qo‘ymaslik uchun komissarlarga LGBT tarafdorlarining Budapeshtdagi yurishiga qatnashmaslikni tavsiya qildi.
Bu haqda Bryusselning Euractiv portali manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, YEK mamlakat ichki ishlariga aralashib, keskinlik yaratmoqchi emas. Ta’kidlanishicha, Vengriya tomoni Yevropa komissarlarining marshda qatnashish rejalari haqida ma’lumot olmagan. Biroq Yevroparlamentning bir necha a’zosi tadbirda ishtirok etishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Euractiv.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, milliy parlament tomonidan mart oyida qabul qilingan gey-paradlarni taqiqlovchi qonun loyihasiga qaramay, tadbir 28 iyunga belgilangan. Shuningdek, 19 mart kuni Vengriya prezidenti Tamash Shuyok Yevropa Ittifoqi rahbariyatining chaqiriqlariga qaramay, parlament tomonidan qabul qilingan bunday yurishlarni taqiqlovchi qonun loyihasini imzoladi.