dpa bu haqda YEIning ismi sir qolishini istagan yuqori martabali mulozimlariga tayanib xabar bermoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Bryussel avval strategiyani puxta o‘ylab olmoqchi va Rossiya bilan aynan nima haqida gaplashish kerakligini tushunib yetmoqchi. Yevropa Ittifoqidagilar, shuningdek, Vladimir Putin muzokaralar stoliga qaytishiga va sanksiyalar bosimi yordam berishiga ishonishadi.
Avvalroq Yevropa Komissiyasi va Yevropa tashqi faoliyat xizmati (EEAS) kecha, 28 may kuni o‘tkazilgan yopiq maslahatlashuvlarda Moskvaga qarshi 21-sanksiyalar paketi loyihasini taqdim etishi rejalashtirilgan edi. Ushbu paket moliya sektori va Rossiya mudofaa sanoati yetkazib beruvchilariga cheklovlar joriy etishni ko‘zda tutadi, deyiladi agentlik xabarida.