Bugun 4 fevral, 2025 yil, seshanba

КИР

EI AQShni keskin javob berishi haqida ogohlantirdi

EI AQShni keskin javob berishi haqida ogohlantirdi

Evropa Ittifoqi, agar AQSh o‘z mamlakatlaridan jo‘natiladigan tovarlarga boj joriy qilsa, “keskin javob qaytaradi”, deb yozadi Rossiyaning TASS axborot agentligi.

Bu haqda Yevrokomissiya vakiliga tayanib, Agence France-Presse xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi “past tariflar o‘sish va iqtisodiy barqarorlikka hissa qo‘shishiga ishonchi komil”, biroq “adolatsiz” tariflar joriy etilsa, Yevropa Ittifoqi “keskin javob beradi”.

AQSh prezidenti Donald Tramp Kanada, Xitoy va Meksikadan tovarlarga bojlar joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Meksika va Kanadadan import qilinadigan mahsulotlar uchun 25% (Kanada energiyasi uchun 10%) tariflari qo‘llaniladi. Xitoydan kelayotgan tovarlarga qo‘shimcha 10 foizlik boj joriy etiladi.

Farmon 4 fevraldan kuchga kiradi. Kanada, Xitoy va Meksika Qo‘shma Shtatlar tomonidan import qilinadigan barcha tovar va xizmatlarning uchdan bir qismini tashkil qiladi.

Kiritildi: 14:15 03.02.2025. O'qildi: 1588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!