Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Efiopiyada avtobus halokatida 25 kishi halok bo‘ldi

Efiopiyada avtobus halokatida 25 kishi halok bo‘ldi

Payshanba kuni Efiopiya shimolida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi jarohat oldi. Hodisa mahalliy hokimiyat tomonidan tasdiqlandi, deya xabar beradi Sinxua agentligi.

Shimoliy Vollo hududi jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi bayonotiga ko‘ra, Amxara viloyatining Davunt okrugida jamoat avtobusi ag‘darilib, 25 kishi halok bo‘ldi.

Shuningdek, 14 kishi og‘ir, 15 kishi yengil tan jarohati olgan. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, jarohatlanganlar yaqin atrofdagi tibbiyot muassasalarida davolanmoqda.

Aholi jon boshiga avtomobilga egalik qilish darajasi juda past bo‘lishiga qaramay, Efiopiyada yo‘l-transport hodisalari nisbatan keng tarqalgan. Aytilishicha, yo‘l-transport hodisalarining sabablari ko‘pincha yomon yo‘l sharoitlari, ehtiyotsizlik va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, shuningdek, haydovchilik guvohnomasi tizimining mukammal emasligi sabab bo‘lmoqda.

Kiritildi: 17:12 24.01.2025. O'qildi: 1071 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!