Futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasi pley-off bosqichi qizg‘in davom etmoqda. Kecha o‘tgan o‘yinlarda muxlislar shiddatli va murosasiz bahslarga guvoh bo‘ldi.
"Aston Villa" mehmonda "Bryugge"ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, "PSV" mehmoni bo‘lgan "Arsenal" raqibini ayab o‘tirmadi - 1:7. «Borussiya D» va «Lill» o‘rtasidagi to‘qnashuv esa 1:1 hisobida durang bilan tugadi.
Kechaning eng asosiy to‘qnashuvi, shubhasiz, Madrid derbisi bo‘ldi. «Real» va «Atletiko» o‘rtasidagi uchrashuvning 4-daqiqasida Rodrigo hisobni ochdi, 32-daqiqada esa Alvares hisobni tenglashtirdi. Butun o‘yin davomida keskin kurash kuzatildi. Ikkinchi bo‘limning 55-daqiqasida Braim Dias gol urib, «Real»ga g‘alaba olib keldi – 2:1!
Bu g‘alaba «Qirollik klubi» uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. «Real» Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa chempionlari kubogi tarixida 300-g‘alabaga erishgan birinchi jamoa bo‘ldi.
Bugun tunda 1/8 final bosqichining yana bir necha muhim to‘qnashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu uchrashuvlar bilan tanishing:
«Feyenoord» – «Inter»
«PSJ» – «Liverpul»
«Bavariya» – «Bayer Leverkuzen»
«Benfika» – «Barselona»