Bugun, 20 oktyabr kuni UYEFA Chempionlar ligasining 2026/27 yilgi mavsumida umumiy bosqich 3-tur uchrashuvlariga start beriladi. Musobaqaning navbatdagi o‘yin kunida jami 9 ta bellashuv o‘tkaziladi.
Kunning markaziy to‘qnashuvi Parijda bo‘lib o‘tadi. Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi o‘z maydonida Ispaniyaning «Barselona» jamoasini qabul qiladi. Yevropaning ikki grandi o‘rtasidagi bahs turning eng ko‘p e’tibor qaratilayotgan uchrashuvlaridan biri hisoblanadi.
Angliyada ham qiziqarli bellashuvlar kutilmoqda. «Liverpul» «Enfild» stadionida «Vilyarreal»ga qarshi bahs olib borsa, «Manchester Siti» o‘z maydonida Gresiyaning AYEK klubi bilan kuch sinashadi.
Shuningdek, Madridning «Atletiko» jamoasi Germaniyada «Shtutgart» mehmoni bo‘ladi. Italiyaning «Napoli» klubi esa Norvegiyaning «Budyo-Glimt» jamoasini qabul qiladi.
Chempionlar ligasi. Umumiy bosqich, 3-tur
20 oktyabr, seshanba
21:45
«Fenerbahche» — «Slaviya» Praga
«Sabah» — «Borussiya» Dortmund
21 oktyabrga o‘tar kechasi
00:00
«PSJ» — «Barselona»
«Liverpul» — «Vilyarreal»
«Manchester Siti» — AYEK
«Roma» — «Slovan» Bratislava
«Portu» — PSV
«Napoli» — «Budyo-Glimt»
«Shtutgart» — «Atletiko» Madrid
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turi 21 oktyabr kuni yana 9 ta uchrashuv bilan davom ettiriladi. Unda «Real», «Bavariya», «Arsenal», «Inter» va boshqa jamoalar maydonga tushadi.