Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

ECHL. "Aston Villa" "Bryugge" maydonida ishonchli hisobda g‘alaba qozondi

ECHL. "Aston Villa" "Bryugge" maydonida ishonchli hisobda g‘alaba qozondi

"Aston Villa" Chempionlar Ligasi 1/8 final dastlabki o‘yinida safarda "Bryugge"ni mag‘lub etdi - 3:1.

Uchrashuvda mehmonlar 3-daqiqada forvard Leon Beylining goli evaziga hisobni ochgan bo‘lsa, "Bryugge" bunga 12-daqiqada himoyachi Maksim De Keyperning goli bilan javob qaytardi. Mezbonlar himoyachisi Brandon Mexelening o‘z jamoasi darvozasiga urgan goliga qadar hisob teng bo‘lib turgan bo‘lsa, 88-daqiqada "Aston Villa"ning ustunligini 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalangan Marko Asensio oshirdi.

Jamoalarning javob uchrashuvi 12 mart, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Bryugge - Aston Villa - 1:3
04.03.2025, 22:45, «Yan Breydel» stadioni
Gollar: Beyli L, 3 (0:1). De Keyper M, 12 (1:1). Mexele B, 82 - v svoi vorota (1:2). Asensio M, 88 - penaltidan (1:3)
Bryugge: Minyole S., Ordonyes X., Mexele B., De Keyper M., Sabbe K. (Vetlesen X., 90+1), Onyedika R. (Skuras M., 90+1), Vanaken X., Yashari A., Tzolis X., Xutgla F. (Sike YU., 86), Talbi SH. (Nilsen K., 86)
Aston Villa: Martines E., Disasi A. (Kesh M., 64), Konsa E., Mings T., Din L., Makginn Dj. (Remsi D., 64), Tilemans YU., Reshford M. (Kamara B., 64), Uotkins O. (Bogard L., 90+1), Rodjers M., Beyli L. (Asensio M., 64)
Hakam: Pineyru (Portugaliya)

Kiritildi: 02:13 05.03.2025. O'qildi: 1141 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!