Nashrning xabar berishicha, 450 deputatdan 253 nafari yangi hukumat tarkibidagi 13 nafar vazir nomzodini ma’qullab ovoz berdi. Bosh vazir o‘rinbosari va raqamli transformasiya vaziri lavozimini Mixail Fedorov egalladi. Bosh vazir o‘rinbosari Aleksey Kuleba lavozimini saqlab qoldi. Uchinchi bosh vazir o‘rinbosari etib Taras Kachka tayinlandi.
Sobiq energetika vaziri German Galushenko Adliya vazirligiga rahbar etib tayinlandi. Energetika vazirligini Svetlana Grinchuk boshqaradi. Igor Klimenko Ichki ishlar vaziri, Sergey Marchenko esa Moliya vaziri lavozimini saqlab qoldi. Iqtisodiyot vaziri etib Aleksey Sobolev tayinlandi.
Rada tashqi ishlar vaziri lavozimida Andrey Sibiga qolishini alohida ovoz berish orqali ma’qulladi (271 ovoz). Mudofaa vaziri etib sobiq bosh vazir Denis Shmigal tayinlandi (267 ovoz). Yangi hukumatga Yuliya Sviridenko rahbarlik qiladi. Avvalroq prezident Volodimir Zelenskiy Sviridenkoning nomzodini ilgari surgan edi va Rada deputatlarini uni bosh vazir lavozimiga tasdiqladi.