Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Dunyoning eng zo‘r 10 futbolchisi e’lon qilindi

Dunyoning eng zo‘r 10 futbolchisi e’lon qilindi

ESPN nashri 2026 yil uchun dunyodagi eng kuchli 10 futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi. Talabalar va mutaxassislar ovoziga asoslangan ushbu tanlovda birinchi o‘rinni «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi yulduzi Lamin Yamal egalladi.

Kuchli uchlikka «Real» yarimhimoyachisi Jud Bellingem ham kirdi — u ikkinchi pog‘onadan joy oldi.

Uchinchi o‘rinni esa «Bavariya» hujumkor o‘yinchisi Maykl Olise qo‘lga kiritdi. Uning jamoadoshi, «Oltin to‘p» sohibi Xarri Keyn bu safar beshinchi o‘rin bilan kifoyalandi. To‘rtinchi pog‘ona «Barselona»ning yana bir vingeri Rafinyaga nasib etdi.

Yilning eng yaxshi o‘yinchilari o‘ntaligidan Kilian Mbappe, Deklayn Rays, Erling Xoland, Pedri va Vitinya ham o‘rin oldi. Umumiy ro‘yxatda «Barselona»dan uch nafar futbolchi qayd etilgan. «Real» va «Bavariya»dan ikkitadan, «Arsenal», «Manchester Siti» va «PSJ»dan esa bittadan o‘yinchi dunyodagi eng kuchli o‘nlikka kirdi.

Kiritildi: Bugun 15:47. O'qildi: 364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik