Lamin Yamal - CIES talqini bo‘yicha dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi.
Sport tadqiqotlari xalqaro markazi (CIES Football Observatory) hali 20 yoshga to‘lmagan dunyoning eng yaxshi 200 nafar futbolchisi reytingini e’lon qildi.
Reytingni tuzishda 2025 yilda o‘tkazilgan o‘yinlar bahosi asosiy mezon bo‘ldi. CIES tizimi bo‘yicha maksimal ball - 100.
Top 10 quyidagicha ko‘rinishga ega:
1. Lamin Yamal («Barselona») – 97,7;
2. Pau Kubarsi («Barselona») – 93,4;
3. Uorren Zair-Emeri («PSJ») – 87,8;
4. Estevao («Chelsi» / «Palmeyras») – 86,7;
5. Franko Mastantuono («Real» / «River Pleyt») – 85,4;
6. Djorrel Xato («Chelsi» / «Ayaks») – 84;
7-8. Rojer Fernandesh («Braga») – 83,9;
7-8. Maylz Lyuis-Skelli («Arsenal») – 83,9;
9. Jeovani Kenda («Chelsi» / «Sporting») – 83,8;
10. Elias Montyel («Pachuka») – 83,2.