The Jerusalem Post «jahondagi eng nufuzli 50 yahudiy» an’anaviy ro‘yxatini e’lon qildi.
Ro‘yxatga siyosatchilar, tadbirkorlar va madaniyat arboblari kiritilgan. Ular orasida kutilmaganda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ham paydo bo‘ldi.
Yangilangan reytingda birinchi o‘ringa Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu joylashtirildi.
Ikkinchi o‘rinda — AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiven Uitkoff.
Isroil razvedkasi («Mossad») rahbari David Barnea — uchinchi o‘rinda.
Kuchli yahudiylar o‘nligiga Oq uy maslahatchilari Stiven Miller va Adam Boeler, AQSh savdo vaziri Hovard Latnik hamda Google hammuassisi Sergey Brin kiritilgan.
Birinchi marta ushbu ro‘yxatga kirgan Mixail Mishustin 18-pog‘onadan o‘rin olgan.
Sem Altman va Mark Sukerberg — 33-o‘rinda, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ro‘yxatga kiritilmagan.
Bugun global maydonda yuz berayotgan ko‘plab voqealar qaysidir ma’noda shu reytingda aks etgan.