Moskvaga dronlar hujum qildi.
Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
"Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa apparati dronlar tomonidan Moskvaga qilingan hujumni qaytarmoqda", — deb yozadi u.
Shuningdek, u barcha favqulodda xizmatlar voqea joyida ekanligini ta’kidladi. Hodisa tufayli shahar ustidagi havo hududi yopilgan.