Sudlanuvchi U. Almardanov o‘zining “Redmi Note 13” rusumli telefon apparatiga o‘rnatilgan “Odnoklassniki.ru” messenjeriga ochilgan “Ulugbek Almardanov” nomli akkauntidagi “Klass bosilganlar” bo‘limida 2019 yilda Abdug‘ani Umarov (Abdulloh domla)ning “Jannatga oshiqlar” nomli aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan ma’ruzasiga “klass” bosish orqali virtual do‘stlariga tarqatgan. Bu bilan u amaldagi Jinoyat kodeksi 244-1-moddasi 3-qismining “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudining 2025 yil 1 iyuldagi hukmiga ko‘ra, U. Almardanov Jinoyat kodeksi 244-1-moddasi 3-qismining “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, shu modda bilan unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanilib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan va jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.
Sudlanuvchi U. Almardanov tomonidan sodir etilgan mazkur jinoyat og‘ir turga mansubligi tufayli unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo tayinlangan. Shunday bo‘lsada jazoni yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olgan holda unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi tatbiq etilib, modda sanksiyasidan kamroq jazo muddati tayinlangan.