Bugun 23 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Dembele «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgandan so‘ng nega yig‘lab yuborganini tushuntirdi

Dembele «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgandan so‘ng nega yig‘lab yuborganini tushuntirdi

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele 2025/2026-yilgi mavsum yakuniga ko‘ra unga «Oltin to‘p» topshirilganidan so‘ng nega ko‘z yoshlarini to‘xtata olmaganiga izoh berdi. Forvard mukofotni olish marosimida onasiga murojaat qilgan paytda yig‘lab yubordi.

«Men kuchli bo‘lib, barchaga minnatdorchilik bildirishni istagandim. Lekin oilam haqida, boshidanoq yonimda bo‘lib qo‘llab-quvvatlaganlar haqida gapira boshlaganimda, his-tuyg‘ularimni jilovlay olmadim. Shuning uchun biroz o‘zimni to‘xtatolmadim», — dedi Dembele.

Dembele so‘rovnoma natijasiga ko‘ra «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamalni ortda qoldirdi. Uchinchi o‘rinni esa fransuz hujumchisining jamoadoshi Vitinya egalladi.

Kiritildi: Bugun 08:00. O'qildi: 1093 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!