Dunyoning eng keksa davlat rahbari, 92 yoshli Pol Biyya Kamerun prezidentligiga yana o‘z nomzodini qo‘yish niyatini tasdiqladi.
Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Biyya joriy yilning 12 oktyabrida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida nomzod ekanligini ma’lum qildi. Prezident mamlakat fuqarolariga murojaat qilar ekan, ularni xalq manfaatlariga xizmat qilish qat’iyatiga shubha qilmaslikka chaqirdi.
Biyya 40 yildan ortiq vaqt davomida mamlakat rahbari bo‘lib kelgan, chunki o‘zidan oldingi va Kamerunning birinchi prezidenti Ahmadou Babatur Axidjo 1982 yilda sog‘lig‘i sababli iste’foga chiqqan. U jami 7 marta davlat rahbari bo‘lgan. Faqat Ekvatorial Gvineya rahbari, 1979 yilda hokimiyat tepasiga kelgan Teodoro Obiang Nguyema Mbasogo undan ko‘ra uzoqroq lavozimda ishlagan. Yana bir siyosiy faxriy Kongo prezidenti Denis Sassu Nguyesso bo‘lib, u 1978 yildan buyon besh yillik tanaffus bilan mamlakatni boshqarib kelmoqda.
Shu yilning yanvar oyida Biyya prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun o‘z nomzodini rasman ilgari surdi.