Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Dunyoning eng boy futbolchisi 24 yoshida faoliyatini yakunlash haqida o‘ylayapti

Dunyoning eng boy futbolchisi 24 yoshida faoliyatini yakunlash haqida o‘ylayapti

Dunyoning eng boy futbolchisi tez orada butsasini mixga ilishi mumkin - lekin siz buni bilmasligingiz ham mumkin, chunki bu Lionel Messi yoki Krishtianu Ronaldu emas. Dunyoning eng boy futbolchisi 24 yoshli Faik Bolkiya bo‘lib, u "Chonburi" safida Tailand chempionatida o‘ynaydi va 18 milliard yevro boylikka ega (Ronalduda tahminan 1 milliardga yaqin). U Bruney shahzodasining o‘g‘li va Bruney sultoni Hassanal Bolkiahning nabirasi.

1998 yilda Los-Anjelesda tug‘ilgan Faik ikki fuqarolikka ega va bolaligidanoq u professional futbolchi bo‘lishni orzu qilgan. Moliyaviy imkoniyatlar Faik uchun hamma uchun imkoni bo‘lmagan eshiklarni ochdi - uni "Sautgempton", "Chelsi" va "Arsenal" kabi klublarga mashg‘ulotlarga taklif qilishdi, ammo yakunda hech kim Bolkiya bilan jiddiy shug‘ullanmoqchi bo‘lmadi.

Futbolchi Portugaliyaning “Maritima” klubiga o‘tdi, biroq u yerda ham uni asosiy tarkibga qo‘yishmadi. Bundan charchagan Faik Tailandga uchib, vataniga yaqinroq qaytib keldi.

Ammo Chonburidagi chiqishlar dunyodagi eng boy futbolchining ambisiyalariga javob bermaydi va endi u do‘stlariga faoliyatini yakunlash, istagi haqida gapirgan.

Kiritildi: 14:01 02.11.2022. O'qildi: 5863 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!