Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan aktyorlari e’lon qilindi

Dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan aktyorlari e’lon qilindi

Daromadi 87,5 million dollarni tashkil etayotgan amerikalik aktyor Dueyn Jonson Forbes jurnali tomonidan dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan aktyor deb topildi.

Ikkinchi o‘rinda aktyor Rayan Reynolds (71,5 million dollar), uchinchi o‘rinda Mark Uolberg (58 million dollar), keyin pog‘onalarda esa Ben Afflek (55 million dollar) va Vin Dizel (54 million dollar) qayd etildi.

Kuchli o‘ntalikka, shuningdek, hind aktyori Akshay Kumar (48,5 million dollar), amerikalik bastakor, qo‘shiqchi va aktyor Lin-Manuel Miranda (45,5 million dollar), aktyorlar Uill Smit (44,5 million dollar), Adam Sendler (41 million dollar) hamda Jeki Chan (40 million dollar) kiritildi.

Kiritildi: 05:30 12.08.2020. O'qildi: 6001 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!